Fargʻonada 10 ta maktab karantinga olindi

12:39 21 Aprel 2021 Jamiyat
1942 0

Ayni kunlarda Fargʻona viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan 10 ta umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya jarayoni masofaviy oʻqish tizimiga oʻtkazildi.

Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi kunda Fargʻona shahridagi 7, 15, 21, 22, 24, 37-umumtaʼlim maktablari, chet tillarga ixtisoslashgan maktab-internat, viloyat koʻzi ojiz bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat, Quvasoy shahridagi 1 va Oltiariq tumanidagi 41- umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarga taʼlim berish tizimi onlayn tartibda tashkil etilyapti.

Oʻquv jarayoni masofaviy shaklga oʻtkazilgan har bir umumtaʼlim maktabida 14 kunlik karantindan keyin oʻqituvchi va oʻquvchilardan olinadigan tibbiy test natijalari asosida yana anʼanaviy oʻqish jarayoniga qaytish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер