Fargʻona vodiysidagi koʻhna shahar xarobalari xalqaro miqyosda oʻrganilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Marhamat tumanida “Koʻhna dovon sirlari” mavzuida arxeologiya va turizm yoʻnalishidagi xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Xitoy davlatlari olimlari ishtirokida hududdagi “Mingtepa yodgorligi”da amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar yuzasidan fikrlar oʻrtoqlashildi.
— Mingtepa Fargʻona vodiysidagi yirik shaharning koʻhna xarobasi hisoblanadi, —deydi Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi arxeologiya instituti professori Leo Tao. –Shu kungacha amalga oshirilgan tadqiqot ishlari uni Dovon davlatining Ershi shahri ekanligini tasdiqlamoqda.
Ayni paytda xitoy va samarqandlik olimlar ishtirokida bu yerda ilmiy izlanishlar olib borilyapti. Natijada yer ostida qolgan shaharning devori hamda qabriston topildi. Ilmiy izlanishlar inson suyaklari Milodiy eramizdan avvalgi I-II asrlarga mansub ekanligini tasdiqladi. Boshqa daliliy ashyolar esa Ershi Dovon davlatining poytaxti boʻlganligini isbotlamoqda.
Kelgusida bu boradagi xulosalar yangi maʼlumotlar bilan boyiydi va ushbu manzil Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan eng muhim obyektlardan biri ekanligi tasdiqlanadi. Bugungi forum bu boradagi saʼy-harakatlarimizni yanada jonlantirishga xizmat qiladi.
Forum davomida, shuningdek, Fargʻona vodiysining qadim va oʻrta asrlar arxeologiyasi, etnografiyasi, tarixiy muammolari va ularning taxliliga oid maʼruzalar ham tinglandi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring