Fargʻona va Xorazmda 9 nafar giyohvand modda savdogarlari ushlandi

10:28 11 Aprel 2025 Jamiyat
231 0

Videodan kadr

Huquq tartibot idoralari tomonidan giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Xususan, DXXning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Margʻilon shahrida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan shaxs Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelgan 1 kg 524 gr “gashish” giyohvandlik vositasini 240 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Yozyovon tumanida qayd etilgan holatda, “Fargʻona-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan — Toshloq tumanida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada, transport vositasi saloniga yashirib qoʻyilgan 799 dona “Zardeks” va 40 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 1679 dona “Zardeks” va 48 dona “Tropikamid” hujjatlashtirib olindi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yaqin aloqasi, Margʻilon shahrida istiqomat qiluvchi, 1987-y.t. shaxsning Fargʻona shahridagi vaqtincha yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, 2239 dona “Lirika” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Oʻtkazilgan tergov harakatlari davomida, ushbu dori vositalarini Fargʻona tumanida yashovchi, 2001-yilda tugʻilgan fuqaro Qirgʻiz Respublikasidagi nomaʼlum shaxslardan qabul qilib olganligi aniqlanib, u ham qoʻlga olindi.

Xizmatning Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Samarqand-Xorazm” yoʻnalishida narkotik moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi — Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi 1960-yilda tugʻilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan fuqaro hamda uning 1980-yilda tugʻilgan sherigi oʻzaro til biriktirib, Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 802 gr “opiy” moddasini sotmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Urganch shahrida kuzatilgan holatda, Qoʻshkoʻpir tumanida yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan shaxs va Urganch shahrida yashovchi, 1987-yilda tugʻilgan fuqaro oʻzaro kelishgan holda 499 gr “opiy” va 12 gr “geroin” giyohvandlik vositalarini 11 500 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qoʻlga olindi.

Shuningdek, ulardan birining yashash xonadoni yertoʻlasi koʻzdan kechirilganda, unda 351 gr “opiy” moddasi borligi ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Afgʻonistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan.

Hazorasp tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1962-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadoni koʻzdan kechirildi. Natijada, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotgan 989 gr “opiy” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер