Fargʻona tumani mudofaa ishlari boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Vatan himoyachilari kuni bayramiga qoʻshaloq tuhfa sifatida Fargʻona tumani mudofaa ishlari boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Fargʻona tumani hokimligi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi masʼullari ishtirok etdi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, keyingi yillarda yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida Vatan himoyachilari samarali faoliyat olib borishi uchun jahon andozalari darajasidagi barcha qulayliklar muhayyo etib berilayotir. Oʻz navbatida harbiylar va ularning oila aʼzolari uchun koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor ham quvonarlidir.

—Ikki qavatli binoda keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, elektr va santexnika jihozlari, eshik-romlar yangilandi, xizmat xonalari, maʼnaviyat va majlislar zalida zamonaviy sharoitlar yaratildi,—deydi Fargʻona tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Baxtiyor Moʻminov.—Buning uchun qariyb 2,5 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

Shuningdek, qurilish jarayonida hudud obodonlashtirilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahalliy qilim sharoitiga mos manzarali daraxt va gullar ekildi.
Tadbirda Fargʻona tumani madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, barchaga bayram kayfiyati ulashildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring