“Faol hayotga qadam”: umid va ishonch

Angor tumanida ehtiyojmand fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi ijtimoiy xizmat turi yoʻlga qoʻyildi. Ayni paytda undan yetti nafar kishi doimiy foydalanmoqda.
Kunduzgi qatnov asosida xizmatlar oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 dan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxslarga koʻrsatiladi. Har haftada besh kun, soat 08:00 dan 17:00 gacha kunduzgi qarab turish, ovqatlantirish, gigiyenik meʼyorlarga rioya qilish, muloqot va mustaqil koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Orzugul Ergasheva 2005-yili roʻy bergan baxtsiz hodisa tufayli nogironlik aravachasiga moslashishga majbur boʻlgan. Oʻtgan yigirma yil mobaynida kundalik harakatlanish, parvarish va ruhiy koʻmak uchun yordamga muhtoj edi.
— “Faol hayotga qadam” dasturi men kabi jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun umid va yashash istagini qayta uygʻotmoqda, — deydi O. Ergasheva. — Mehribon va sabr-toqatli xodimlar yordamida sogʻligʻimda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilyapti. Tibbiy mashqlar orqali turish va hatto qisqa masofaga yurishni boshladim. Bu men uchun katta yutuq. Mana shunday gʻamxoʻrlik uchun davlatimizdan minnatdorman.
Aytish joizki, bu kabi ijtimoiy xizmatlar shaxsning nafaqat kundalik ehtiyojini qondirish, balki uning ruhiy holatini yaxshilashga ham yordam beradi. Dasturga qiziqish oshib borayotgani sababli kelgusida qamrovni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Islom sivilizatsiyasi markazida uzunligi 52 metr boʻlgan “Miniatyuralar devori” joylashtiriladi
- Olmazordagi “kimyoviy tuman”: emissiya nimalari bilan xavfli?
- Xavfsizlik kengashida ayrim masʼullar ishdan olindi
- Toshkentda yuz bergan “avariya”da 2005-yilda tugʻilgan haydovchi halok boʻldi
- Tabarruk tashriflarning totli mevalari
- Ommaviy axborot vositalari bu hafta Zelenskiy uchun muvaffaqiyatsiz boʻlishi haqida yozmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring