Olmazordagi “kimyoviy tuman”: emissiya nimalari bilan xavfli?
Ijtimoiy tarmoqlarda kecha kechqurun Toshkentning Olmazor tumanida havodagi kuchli kimyoviy hid va Uzumbogʻ koʻchasida gʻalati tuman paydo boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Uzumbogʻ koʻchasida havodan oltin gugurt hidi kelayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Shunga koʻra, zudlik bilan Toshkent shahar FVBning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya boʻlimlari aytilgan manzilga yetib borgan.
Maʼlumotlarga koʻra, hududdagi omborxonada joylashgan sigʻimdan pereks vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan.
Ilk xabar berilgan vaqtda, yaʼni, 21-iyul tonggi soat 03:19da FVV tomonidan ushbu holatni bartaraf etish ishlari olib borilayotganligi hamda barcha tegishli xizmatlar voqea joyida hamkorlikda ishlayotgani maʼlum qilindi.
Shundan soʻng, Toshkent shahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya boʻlimlari tomonidan ushbu holat soat 04:00 da toʻliq bartaraf etilgani xabar qilindi.
Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida maʼlumot bermadi.
Vodorod periks xavflimi?
Vodorod peroksid (H₂O₂) sanoat va tibbiyotda keng qoʻllaniladigan kimyoviy moddadir. Konsentratsiyaga qarab, u xavfsiz antiseptik yoki kuchli oksidlovchi boʻlishi mumkin. Agar uni notoʻgʻri sharoitda saqlangan boʻlsa, modda turli kuyishlar yoki portlash vaziyatini keltirib chiqarishi mumkin.
Agar pereks vodorod yuqori konsentratsiyalarda ochiq havoda boʻlsa, sogʻliq uchun xavfli boʻlib, nafas olishdagi muammolar, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi va kamdan-kam hollarda oʻpka shishiga sabab boʻladi. Shuningdek, bolalar, qariyalar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlar uchun xavflidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring