“Advokatga advokat kerak”: Toshkentda huquq posboni pora bilan qoʻlga tushdi
Toshkent viloyatida advokatlik byurosi advokati 20 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini oʻtayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush oʻrtogʻidan 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokat oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
“Ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan boʻlib, bundan toʻgʻri xulosa chiqarmagan”, deyiladi xabarda.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi
4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring