FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari doirasida Oʻzbekistonda qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiiy resurslar vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti va BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Bokuda (Ozarbayjon Respublikasi) boʻlib oʻtgan mintaqaviy seminarda ishtirok etdi. Unda FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari doirasida keyingi yillarda amalga oshirilgan loyihalarining natijalari va muvaffaqiyatlari muhokama qilindi. Tadbirda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari aloqador tashkilot hamda muassasalarining yuqori martabali vakillari ham ishtirok etdi.
Oʻzbekiston FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari doirasida 8 ta mintaqaviy loyihani amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Xalqaro moliya institutlarining grantlari va loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Ramin Gasanov seminardagi nutqida “Biz qishloq joylarida oziq-ovqat xavfsizligi va qashshoqlikni kamaytirishga hissa qoʻshadigan FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari loyihalarini juda qadrlaymiz. Oʻzbekiston FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari barcha benefitsiarlari bilan mukammal ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy aloqalarni olib bormoqda. Biz FAO — Turkiya hamkorlik dasturlarini tajriba almashish, salohiyatni oshirish va texnologiyalarni rivojlantirish uchun ajoyib platforma sifatida tan olamiz”, deb qayd etdi.
Seminar davomida gender masalalari va qishloqlarni rivojlantirish, shuningdek, FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari istiqboliga alohida eʼtibor qaratilib, ilgʻor tajribalar loyihaning muvaffaqiyatini qanday taʼminlashi mumkinligini koʻrsatadigan muhokamalar boʻlib oʻtdi. Muhokamalarda soʻzga chiqqan FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari oʻrinbosari Sherzod Umarov Oʻzbekistonda FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Sh. Umarov ishlab chiqarish, ovqatlanish, atrof-muhit va hayot sifati sohasidagi innovatsiyalar va FAOning “Takomillashtirishning toʻrt yoʻnalishi” konsepsiyasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqliklar boʻyicha muhokamalarda ishtirok etdi.
«FAO — Turkiya hamkorlik dasturlarining barcha loyihalari 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan FAO — Oʻzbekiston hamkorlik dasturiga va tegishli tarmoqlarda qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligiga erishishga qaratilgan mamlakatning milliy ustuvor yoʻnalishlariga mos keladi. Shu munosabat bilan FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ushbu hamkorlik jarayoniga hissa qoʻshish, milliy hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan birgalikda FAO — Turkiya hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirishni taʼminlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda», — dedi Sherzod Umarov.
Soʻnggi muhokama FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari doirasidagi aloqa va axborotlashtirish faoliyatiga bagʻishlandi. Unda Oʻzbekistonda FAO —Turkiya hamkorlik dasturlari yutuqlari toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida oʻtkazilgan tadbirlar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan mintaqaviy seminar ishtirokchilari yoʻlga qoʻyilgan mintaqaviy hamkorlik va sinergiya FAO — Turkiya hamkorlik dasturlariga barqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan, qashshoqlik va ochlikni bartaraf etish maqsadlariga erishishning samarali vositasi sifatida faoliyat yuritishiga imkon berishida yakdil ekanliklarini bildirdilar.
Maʼlumot uchun: Turkiyaning FAO bilan uzoq yillik tajribasiga asoslangan FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari, ayniqsa, benefitsiar mamlakatlar — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va tabiiy resurslarni boshqarishga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda FAO — Turkiya hamkorlik dasturlari quyidagi ikkita modulni oʻz ichiga oladi: oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasidagi FAO — Turkiya hamkorlik dasturi va Oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi FAO — Turkiya hamkorlik dasturi. Dasturlar baliqchilik, oʻrmon xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlarining yoʻqotilishi va buzilishi, shuningdek qishloq ayollari manfaatlarini oʻz ichiga olgan 20 ta loyihani qamrab oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring