Falastinni tan olgan Armaniston, NATOning yangi rahbari va Putin Kimga qurol berishi mumkin (video+)
 
                Assalomu alaykum, xalqaro maydonda yuz berayotgan voqea va hodisalarning qisqacha sharhi “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining tahliliy-informatsion dasturida
Rossiya birinchi marta Ukrainaga ogʻir bomba tashladi
Rossiya kuchlari Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Lipsi qishlogʻiga boshqarish va tuzatish moduliga ega boʻlgan 3 tonnalik “FAB-3000 M-54” bombasi tashlagan.
Bomba “Yangi pochta” binosiga yoʻnaltirilgan. Bu haqda “BILD” ochiq maʼlumotlar tahlili eksperti Yulian Ryopke xabar berdi.
Hujum haqida Rossiya armiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan Z-kanallar ham yozgan.
Ulardan biri “Fighterbomber” Telegram kanali quroldan foydalanish jarayoni aks etgan videoni joylashtirdi. Zarba oqibatida Ukraina qurolli kuchlari vaqtinchalik foydalanilayotgan 3 qavatli bino nishonga olingani aytilgan.
Tramp talabalarni AQSHda olib qolmoqchi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp qayta saylansa, AQSH kollejlarining xorijlik bitiruvchilariga avtomatik ravishda yashil kartochkalar berishini aytdi. Immigratsiya masalasida qatʼiy pozitsiyasi bilan tanilgan respublikachi nomzodning aytishicha, bitiruvchilar mamlakatda qolishi kerak.
Tramp Kremniy vodiysining texnologik investorlari bilan boʻlgan podkastda iqtidorlarni AQSHga olib kelishni osonlashtirishga vaʼda bergan. Siyosatchiga koʻra, yashil karta bitiruvchilarga AQSHda doimiy yashash, ishlash va fuqarolikka yoʻl beradi.
“Ular Hindistonga, Xitoyga qaytib, oʻsha joylarda kompaniyalar bilan ishlab, minglab odamlarni ish bilan taʼminlaydigan milliarderga aylanishadi. Ular buni shu yerda qilishi mumkin”, — deydi Tramp.
Armaniston Falastinni davlat sifatida tan oldi
Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotida keltirilgan.
“Armaniston Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha BMT rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi va Falastin—Isroil mojarosini ikki davlat asosida hal etish tarafdori”, — deyiladi vazirlik keltirgan xabarda.
Putin yadro doktrinani qayta koʻrib chiqadi
Prezident Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya Shimoliy Koreyaga qurol yetkazib berishi mumkin. Bu Gʻarbning Ukrainani qurollantirish harakatiga javob boʻladi. Rossiya rahbari Shimoliy Koreyaga borib, mudofaa shartnomasini imzolagan. Bu haqda Putin Vyetnamdagi matbuot anjumanida aytib oʻtdi.
Shuningdek, bunday bayonot Janubiy Koreyaning Ukrainaga qurol yetkazib berish jarayoniga toʻgʻri keldi. Putin Janubiy Koreya Kiyevga qurol yetkazib berishga qaror qilsa, “katta xatoga yoʻl qoʻyishi”ni va Moskva bunday harakatga Seul uchun ogʻriqli tarzda javob berishini aytdi.
Putin Vyetnamdagi jurnalistlar bilan oʻtgan matbuot anjumanida yadro doktrinasini qayta koʻrib chiqayotganini maʼlum qilgan. Chunki uning potensial dushmanlari yadro qurolidan foydalanish chegarasini pasaytirish bilan bogʻliq yangi elementlar ustida ishlayotganini aytdi.
NATO rahbari oʻzgardi
NATOning navbatdagi Bosh kotibi Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte boʻldi. Ryutte nomzodi kecha, 20-iyun kuni alyansning barcha 32 aʼzosi tomonidan maʼqullangan, biroq rasmiy tasdiq faqat iyul oyida Vashingtonda boʻlib oʻtadigan NATOning navbatdagi sammitida olinadi. U vakolati oktyabr oyida tugaydigan amaldagi Bosh kotib Yens Stoltenberg oʻrniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring