“Facebook” foydalanuvchilari soni 2,5 milliardga yetdi
Foto: habr.com
“Facebook” ijtimoiy tarmogʻidan foydalanuvchilar soni bir yil ichida 8 foizga oʻsib, 2,5 milliard kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Rambler.ru”.
Yuqorida koʻrsatilgan indikator ijtimoiy tarmoqqa oyiga kamida bir marta kiradiganlar sonini aks ettiradi. Kompaniyaning hisob-kitoblariga koʻra, oʻtgan yilning dekabr oyida 1,66 milliard kishi “Facebook”dan kuniga kamida bir marta foydalangan. Bu koʻrsatkich yil davomida 8 foizga oshgan.
Oʻtgan yili “Facebook”ning daromadi 70,697 milliard dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 27 foizga koʻpaygan edi. Ammo kompaniyaning sof foydasi 16 foizga kamayib, 22,1212 milliard dollardan 18,485 milliard dollarga tushgan edi. Reklama daromadlari esa 27 foizga, yaʼni 55,013 milliard dollardan 69,655 milliard dollargacha oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring