Yevropalik professorlar Andijondagi OTMlarda mahorat mashgʻulotlarini olib bormoqda
Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyatidagi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim sifatini oshirish, zamon talablari darajasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ilgʻor xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada mahalliy oʻqituvchi va professorlarning chet eldagi nufuzli oliy taʼlim maskanlarida malaka oshirib qaytishlari anʼanaga aylangan boʻlsa, jahonning yirik universitetlari pedagoglarining viloyatga tashriflari ham sezilarli samara berayotir.
Ayni paytda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan kelgan 30 nafardan ziyod professor-oʻqituvchilar Andijondagi mavjud oliy taʼlim muassasalarida mahorat mashgʻulotlarini olib bormoqda.
— Bugungi kunda dunyodagi eng yirik oliy taʼlim maskanlarida raqamli taʼlim tizimi keng joriy etilgan, — deydi polshalik delegatsiya aʼzosi Angel Smirkarov. — Andijondagi mavjud taʼlim dargohlarida bu boradagi saʼy-harakatlarni jonlantirishga koʻmaklashish tashrifimizdan koʻzlangan asosiy maqsadlardan biridir.
— Andijon haqida avvallari hech bir tasavvurga ega emas edim, — deydi bolgariyalik akademik Xristo Beloyev. — Aeroportdan shaharga qadam qoʻyishim bilan uning zamonaviyligi, xushhavo va fayzi eʼtiborimni tortdi. Mamlakatingizda, xususan, Andijon viloyatida oliy taʼlim sifatiga boʻlgan eʼtiborning ortib borayotgani yana bir eʼtirofga loyiq jihatdir. Bu kabi loyihalar soha rivoji uchun pillapoya vazifasini oʻtaydi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring