Yevropadan JChga yoʻl olgan dastlabki jamoa aniqlandi
Kecha, 14-oktyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. 8-tur doirasida Latviyaga safar qilgan Angliya terma jamoasi 0:5 hisobidagi gʻalaba bilan ortga qaytdi.
Ushbu gʻalabadan soʻng jamoaning umumiy ochkolari soni 18 taga yetdi va bu orqali jamoa saralash yakunlanishiga 2 ta tur qolgan bir paytda asosiy taʼqibchisi Albaniya terma jamoasidan 7 ballga ilgarilab ketdi hamda shu tariqa Jahon chempionati yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Latviya: Zviyedris — Yurkovskis (Tonishevs, 46), Veyps, Chernomordiys, Balodis, Siganiks — Zelenkovs, Varslavans (Dashkevichs, 66), Vapne (Savelyevs, 74), Ikaunyeks (Grabovskis, 88) — Gutkovskis (Regza, 74).
Angliya: Pikford — Spens, Stounz (Bern, 71), Konsa, Lyuis-Skelli — Anderson, Rays (Xenderson, 61) — Saka (Bouen, 61), Rodjers (Eze, 60), Gordon (Rashford, 71) — Keyn.
Ogohlantirishlar: Siganiks (31), Balodis (41), Chernomordiys (45+3), Regza (87) — Konsa (87).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring