Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Foto: Illustrativ foto
Shu kunlarda “koʻhna qitʼa”da epidemiologik vaziyat murakkab. Bir tomondan “omikron”ning yangi — XBB.1.5 subvarianti keng tarqalayotgan boʻlsa, boshqa jihatdan oʻtkir respirator virusli kasalliklar avj olyapti.
Bundan tashqari, mintaqada bir paytning oʻzida ham gripp, ham SOVID-19 infeksiyasini yuqtirgan bemorlar soni koʻpaymoqda. Mutaxassislar bunday holatlarga nisbatan «fluron» atamasini qoʻllayapti.
Hatto Ruminiyada nafas yoʻllari yalligʻlanishini keltirib chiqaradigan bir yoʻla uchta virus bilan kasallanish qayd etildi.
Mamlakat Milliy sogʻliqni saqlash instituti maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan hafta bu yerda 102,8 ming kishida oʻtkir respirator virusli kasalliklar aniqlangan. Bu undan avvalgi haftaga nisbatan 37,9 foiz yuqori koʻrsatkichdir. Qolaversa, 4,6 ming odamga gripp tashxisi qoʻyilgan. Bir hafta ichida ulardan 15 nafari vafot etgan.
Moldovada ham gripp asoratlari tufayli oʻlim koʻrsatkichlari ortmoqda. Yangi yilda hayotdan koʻz yumgan birinchi bemor 22 yoshda boʻlgan. U xastalikning beshinchi kunida shifokorga murojaat qilgan.
Kasalxonaga juda kech borgan 44 yoshli ayolning taqdiri ham shunday yakunlandi. Tekshiruvlar davomida bemor oʻpkasi 65 foiz zararlangani aniqlandi. Ammo grippdan aziyat chekkan bu fuqaroning hayotini saqlab qolish imkoni boʻlmadi.
Ekspertlar prognoziga koʻra, kelgusi haftadan Yevropada COVID-19ga chalinish holatlari yanada koʻpayishi mumkin. Shu bois, mutaxassislar aholini koronavirusga qarshi buster dozada emlanish, jamoat joylarida tibbiy niqob taqish va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring