Yevropa Ukrainaga oid tinchlik rejasining oʻz versiyasini tayyorladi — unda ikki muhim oʻzgarish bor
Foto: CNN
“The Washington Post” xabariga koʻra, Ukraina Yevropa ittifoqdoshlarining oʻz versiyasidagi tinchlik rejasida Ukraina qurolli kuchlari soniga cheklov qoʻymaslik taklif etilgan.
AQSHning 28 banddan iborat loyihasida esa Ukraina armiyasi sonini hozirgi 800–850 mingdan 600 ming atrofida qisqartirish nazarda tutilgan.
Yevropa hujjatida, shuningdek, Zaporojye atom elektr stansiyasi va Kaxovka gidrouzeli ustidan nazoratni Ukrainaga qaytarish, Dnepr daryosida erkin kemachilikni taʼminlash, shuningdek Kinburn qoʻltigʻi ustidan nazoratni Kiyevga topshirish taklif qilingan.
Qolgan hududiy masalalarni esa oʻt ochishni toʻxtatgandan keyin muhokama qilish taklif etilmoqda.
AQSH versiyasiga koʻra, Zaporojye AESining nazorati MAGATEga topshirilishi, stansiya ishlab chiqargan elektr energiyasi esa Ukraina va Rossiya oʻrtasida teng taqsimlanishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring