Yevropa Ukrainaga AQSHsiz yordam bera olmaydi — NATO

15:30 15 Avgust 2025 Dunyo
215 0

Arxiv foto

Yevropa davlatlari AQSH mudofaa sanoatisiz Ukrainaga harbiy yordam bera olmaydi, chunki ularning bu boradagi imkoniyatlari qisqa muddatda tugaydi. Bu fikrlarni “Euractiv” portali NATO rasmiysiga tayanib yozdi.

Avvalroq, Ukraina mudofaa vaziri Denis Shmixal AQSH va NATO Ukrainaga ustuvor talablar roʻyxati tashabbusi orqali qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmini ishga tushirayotganini maʼlum qilgan edi. Ushbu mexanizmning maqsadi Ukrainaga AQSHdan koʻp miqdorda olinishi mumkin boʻlgan tizimlar va qurollarni tezkorlik bilan yetkazib berishni taʼminlashdir.

“Biz Amerika sanoatisiz ishlay olmaymiz, chunki Yevropa mudofaa sanoatining zahiralari va salohiyati qisqa muddatda tugaydi. Ukrainaning baʼzi harbiy taʼminotlarga boʻlgan ehtiyoji juda katta”, — deya rasmiy soʻzlaridan iqtibos keltiradi portal.

Uning soʻzlariga koʻra, AQSH va NATO Ukrainaga ustuvor talablar roʻyxati mexanizmining shartlari aniqlanmagan va Ukrainadagi voqealarning keyingi rivojiga, ishtirokchilarning siyosiy irodasiga va AQSHda imkoniyatlar mavjudligiga bogʻliq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?