Yevropa Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni eʼlon qilmoqchi
Illyustrativ foto
Yevropa mamlakatlari bugun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini kelishib olishni rejalashtirmoqdalar. Taklif etilayotgan chora — tadbirlar orasida Rossiya neftining narxini pasaytirish ham bor. Bu haqda “Reuters” toʻrtta manbaga tayanib xabar tarqatdi.
Cheklovlar rasmiy ravishda Bryusselda boʻlib oʻtadigan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishida qabul qilinishi mumkin. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, sanksiyalarning barcha pozitsiyalari allaqachon kelishilgan. Shuningdek, Slovakiya yangi cheklovlarni qoʻllab-quvvatlaydi, ammo Yevropa komissiyasidan Rossiya gazidan bosqichma-bosqich voz kechish kafolatlarini talab qilmoqda.
Asosiy yangiliklardan biri Rossiya neftining narxini dinamik ravishda cheklash mexanizmi boʻladi. Manbalardan biriga koʻra, bir barrel uchun taxminan 47 dollar oʻrnatilishi mumkin hozirgi kunda ushbu narx 60 dollarni tashkil etadi.
Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyat tufayli bozor beqarorligi sharoitida narx chegarasining pasayishi haqidagi munozaralar avj olgan edi.
“Politico” maʼlumotlariga koʻra, Malta Yevropa Ittifoqining Rossiya neftining narxlari chegarasini bozor narxidan 15 foiz pastroqqa qoʻyish taklifiga qarshi chiqqan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring