Yevropa Rossiya bilan yadro urushiga tayyorgarlik koʻrishni boshladi

13:45 02 Aprel 2025 Dunyo
103 0

Illyustrativ foto

Yevropa davlatlari oʻz fuqarolarini Rossiya bilan ehtimoliy yadro urushiga tayyorlashni boshladi. Bu haqda “The Economist” nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Shvetsiyada aholiga omon qolishning asosiy tamoyillari haqida maʼlumot beruvchi besh million dona varaqa tarqatilgan. Bundan tashqari, risolalarda rasmiylar fuqarolarni mamlakatga hujum sodir boʻlgan taqdirda oldindan harakat rejasini oʻylab koʻrishga chaqirilgan.

Taʼkidlanishicha, varaqalar tarqatishdan maqsad shvedlarni qoʻrqitish emas, balki ularni tayyorlanishga undashdir. Bunday yondashuv inqiroz holatida davlat tuzilmalari yukini kamaytirishi mumkin.

Bungacha, Polsha oʻz aholisini urushga tayyorlashga kirishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Varshava milliardlab yevroga qurol sotib olishni va fuqarolarni ehtimoliy harbiy mojaroga tayyorlashni boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер