Yevropa mintaqasida qizamiqqa chalinish holatlari rekord darajaga yetdi — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosiga aʼzo mamlakatlarda oʻtgan yili qizamiqqa chalinish bilan bogʻliq 127 mingdan ziyod holat qayd etilgan. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, JSST va YUNICEFning tahlillarida keltirilishicha, Yevropa hamda Markaziy Osiyoning 53 davlatini oʻz ichiga olgan mintaqada qizamiq tashxisi qoʻyilgan bemorlarning 40 foizdan ortigʻini besh yoshgacha boʻlgan bolalar tashkil qiladi.
“Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosiga aʼzo mamlakatlarda oʻtgan yili qizamiqqa chalinish bilan bogʻliq 127 mingdan ortiq holat qayd etildi. Bu koʻrsatgich 2023-yilgi raqamlardan ikki barobar koʻp hamda 1997-yildan beri roʻyxatga olingan eng yuqori koʻrsatkichdir”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu kasallikning oʻsish surʼatlari koronavirus pandemiyasi davrida emlash qamrovining pasayishi bilan bogʻliq. Mutaxassislar hali-hanuz bir qator mamlakatlarda vaksinalar qabul qilish koʻrsatkichi pandemiyadan oldingi darajaga qaytmaganidan xavotirda. Bu holat qizamiq kasalligi bilan bogʻliq epidemiya xavfini oshirmoqda.
Maʼlum qilinishicha, YUNICEF va JSST qizamiqqa chalinish holatlari yuqori boʻlgan mamlakatlar hukumatlarini zudlik bilan kasallanish holatlarini aniqlash va emlash kampaniyalarini kuchaytirishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring