Yevropa Ittifoqida qurol va oʻq-dorilar ishlab chiqarish uchun sarmoya etishmayapti — “Financial Times”

17:04 14 Oktyabr 2024 Dunyo
294 0

Illyustrativ foto

Yevropa Ittifoqidagi qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar ishlab chiqaruvchilar koʻp yillardan buyon sarmoya yetishmayotganini boshdan kechirmoqda va ular talab qilinadigan hajmdan ancha kam mahsulot ishlab chiqarmoqda. Bu maʼlumotni Buyuk Britaniyaning “Financial Times” gazetasi ekspertlar va soha vakillariga tayanib tarqatdi.

Yevropa aerokosmik va mudofaa sanoati assotsiatsiyasi bosh kotibi Yan Payning soʻzlariga koʻra, oʻn yilliklar davomida yetarlicha sarmoya yetishmasligi tufayli qurol ishlab chiqarish goʻyoki Rossiyani toʻxtatib turish uchun zarur boʻlgan darajadan past boʻldi.

“Agar maqsad Ukrainaga yetarli darajada yordam koʻrsatish va Rossiyani keyingi tajovuzdan toʻxtatib turish uchun zarur harbiy salohiyatni yaratish boʻlsa, biz Yevropada koʻproq va tezroq ishlab chiqarishimiz kerak”, deydi u.

Rossiya bir necha bor Gʻarbning harbiy yordami Ukraina uchun yaxshi natija bermasligini va faqat mojaroni choʻzishini, qurol-yarogʻ yetkazish esa rus armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor taʼkidlab keladi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning taʼkidlashicha, AQSH va NATO allaqachon mojaroda nafaqat qurol yetkazib berish, balki kadrlar tayyorlash orqali ham bevosita ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?