Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni eʼlon qildi

12:48 15 Dekabr 2025 Dunyo
155 0

Dushanba kuni, 15-dekabrda Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda YI tashqi siyosati rahbari Kaya Kallas maʼlum qildi.

“Bugun biz “soya floti”ga kiruvchi kemalar boʻyicha qaror qabul qilamiz. Gap 40 ta kema, shuningdek, sanksiyalarni chetlab oʻtishga koʻmaklashayotgan shaxslar haqida bormoqda”, — dedi Kallas.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi noyabr oyidan buyon “soya floti” deb ataluvchi kemalarga nisbatan yangi cheklov choralarini muhokama qilib kelmoqda.

Mazkur cheklovlar YIning Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketi tarkibiga kiradi. Joriy yil noyabr holatiga koʻra, “qora roʻyxat”ga 562 ta neft tankeri kiritilgan. Avvalgi sanksiyalar ushbu kemalarning Yevropa portlariga kirishini taqiqlash, shuningdek, YI kompaniyalari tomonidan sugʻurta xizmatlari koʻrsatishni man etishni nazarda tutgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?