“Euronews” nigohi Fargʻona
Yevropaning mashhur telekanallaridan biri — “Euronews” ijodkorlari Fargʻona viloyatida boʻlib, milliy hunarmandchilik va dehqonchilik anʼanalari, viloyatning turizm salohiyati haqida turkum koʻrsatuvlar tayyorladi.
Shu tariqa jahon axborot olamida katta nufuzga ega boʻlgan telekanalda Fargʻonaning koʻhna tarixi, betaκror madaniy merosi, hunarmandchiligi, eko va agro, gastronomik turizm yoʻnalishlaridagi imkoniyatlari keng targʻib etiladi.
—Koʻhna qitʼadan kelgan jurnalistlar tarixiy obidalarimiz, arxeologik yodgorliklar, turizm manzillari, sayyohlar eʼtiborini jalb etadigan goʻzal tabiat manzillari bilan tanishib, rang-barang koʻrsatuvlarni tasvirga olishdi,—deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Ahmedov.—Xususan, Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shahri hamda Rishton va Oltiariq tumanlarida hududning oʻziga xos jihatlari haqida qiziqarli lavhalar tayyorlandi.

Nuroniylar bilan samimiy suhbatlashib, dunyoda oʻxshashi yoʻq mahalla instituti, oilaviy qadriyatlarimizga katta qiziqish bildirishdi. Usta dehqon va hunarmandlar, bogʻbonlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
—Yigirma turdan ortiq uzum navlari, sharbatga toʻlib pishgan mevalarimiz yevropalik jurnalistlarni juda ham hayratlantirdi,—deydi Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” uzumchilik fermer xoʻjaligi rahbari Isaqjon Boymatov.—200 gektarlik uzum bogʻi boʻylab sayr, ishkomdan oʻz qoʻli bilan uzum uzib yeyish ularga juda ham yoqdi. Goʻzal tabiatimiz, xalqimizning mehmondoʻstligiga qoyil qolishdi.
Botir MADIYOROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring