Eʼtiborli boʻling: bel ogʻrigʻi uch kasallikdan xabar beradi

11:35 29 Yanvar 2020 Dunyo
52418 0

Foto: businessinsurance.com

Janubiy Afrika Respublikasining Stellenbosh universiteti olimi beldagi ogʻriq qanday kasalliklarni yashirishi mumkinligini maʼlum qildi, deydi “Mk.ru”.

“Agar biror kishi bel ogʻrigʻidan shikoyat qilsa, u saraton, osteoartrit yoki diabetdan aziyat chekayotgan boʻlishi mumkin” deyiladi xabarda.

Bel ogʻrigʻi suyak saratonining belgisi boʻlishi mumkin. Olimlarning taʼkidlashicha, ichak, prostata, oʻpka va koʻkrak saratoni ham kuchli bel ogʻrigʻiga sabab boʻladi. Bunday holda, oʻsimta metastazlari umurtqa suyaklariga tarqaladi va natijada bel ogʻrigʻi kelib chiqadi.

“Yana bir xavfli tashxis bu qandli diabetdir”, deydi olim. Soʻnggi tadqiqotlar natijalaridan maʼlum boʻlishicha, qandli diabet bilan ogʻrigan odamlarda bel ogʻrigʻi xavfi 35 foizdan koʻproq. Olimning soʻzlariga koʻra, diabet xastaligiga chalingan bemorlar koʻpincha asab va qon aylanishidagi muammolar tufayli surunkali bel ogʻrigʻidan shikoyat qilishadi.

Bunday sharoitda insonlardan oʻz salomatliklariga eʼtiborli boʻlish va muntazam ravishda shifokor nazoratidan oʻtish tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?