Eski shahar sotuvga qo‘yildi

18:39 24 May 2018 Dunyo
1740 0

Turkiyaning qadimgi Bargiliya shahri sotuvga qo‘yildi. Bodrumdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu ko‘hna maskan bahosi 8 million dollardan sal ziyod, deb yozmoqda “ATOP” axborot manbasi.

Ikki yarim ming yillik tarixga ega mazkur shahar hududida hozirgi kunda amfiteatr, qal’a, tashlandiq holdagi ibodatxona kabi inshootlar qoldiqlari saqlanib qolgan. 

Bargiliya 1927 yildan buyon xususiy mulk bo‘lsa-da, uning atrofi yaxshi qo‘riqlanmaganligi bois ko‘p bor soxta arxeologlar “hujumi”ga duchor bo‘lgan. U yerdan ko‘plab qadimgi qadama naqsh(mozaika) qoldiqlari o‘g‘irlab ketilgan. 

Uning egalaridan biri 87 yoshli Husayn Yuchpinar uzoq yillardan beri bu yerni sotishga harakat qilayotgani haqida ommaviy axborot vositalariga aytib bergan. U qo‘hna shaharni muhofaza qila olish imkoniyatiga ega bo‘lmagani uchun shunday qarorga kelganini qayd etgan. 

Yaqinda oldi-sotdini tezroq amalga oshirish uchun hatto hududga belgilangan narx ham pasaytirildi. 

Bargiliya xususiy mulk bo‘lsa-da, birinchi toifali me’moriy yodgorlik hisoblanadi. Shu bois, uning hududida mehmonxona yoki boshqa birorta turistik ob’ekt qurish mumkin emas.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?