Eski namunadagi 100 AQSH dollarini sotish va sotib olish banklarda hech qanday muammolarsiz amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hozirgi kunda mamlakatimiz hududida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish amaliyotlarining hech qanday muammolarsiz amalga oshirilayotganini maʼlum qildi.
Shu bilan birga, ushbu banknotlar qonuniy toʻlov vositasi sifatidagi maqomi oʻzgarmagan. Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subyektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ishonmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.
Agar tijorat banklari yoki valyutani ayirboshlash shoxobchalarida eski namunadagi 100 AQSH dollarini qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mamlakatimiz hududida valyuta operatsiyalari faqat mahalliy banklar orqali amalga oshirilishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring