Ertaga tongda Shahram Gʻiyosov argentinalik bokschiga qarshi ringga koʻtariladi

Toshkent vaqti bilan, 13-aprel kuni tongda AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida professional boks oqshomi oʻtkaziladi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Ahamiyatlisi shundaki, boks kechasi doirasida yarimoʻrta vazn toifasidagi charm qoʻlqop ustasi, hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga koʻtariladi.
Bugun, 12-aprel tongida bokschilar tarozidan oʻtish marosimida ishtirok etishdi. 31 yoshli bokschimiz Shahram Gʻiyosov 67,6 kilogramm tosh bosgan boʻlsa, 28 yoshli argentinalik Franko Okampo esa 69,4 kilogramm natija qayd etdi. Hamyurtimiz raqibidan deyarli 2 kilogramm yengilroq vazn meʼyoriga ega ekani maʼlum boʻldi.
Avvalroq, har ikkala bokschi media tadbirda ishtirok etib, rasmiy “face to face” marosimida qatnashgan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, Shahram Gʻiyosov hamda Franko Maksimiliano Okampo o'rtasidagi jang mazkur boks oqshomini ochib beradi.
Atlantik-Siti shahrida oʻtkaziladigan mazkur professional boks oqshomining asosiy jangi yarimoʻrta vaznda IBF chempioni Jeyron Ennis hamda WBA kamari sohibi Eymantas Stanionis oʻrtasida kechadi. Har ikki chempion ham belgilangan vazn meʼyorini bajarishgan. Ushbu jang gʻolibi vakant boʻlib turgan “The Ring” chempionlik kamariga ham ega chiqadi.
Taʼkidlash joizki, asosiy jang natijasi biz uchun ham ahamiyatli sanaladi. Sababi Shahram Gʻiyosov oʻz jangida gʻalabaga erishsa, asosiy jang gʻolibiga qarshi ringga koʻtarilish huquqini qoʻlga kiritadi.
Maʼlum boʻlishicha, bokschimiz aynan mana shunday shart bilan ushbu boks kechasida jang oʻtkazishga rozilik bildirgan.
Maʼlumot uchun, vakilimiz professional faoliyati davomida 16 bor ringga koʻtarilib, ularning barchasida zafar quchgan. U soʻnggi jangini 2024-yilning 31-iyulida Migel Parraga qarshi oʻtkazib, hakamlar qarori bilan gʻalaba qozongandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand shahri "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga tayyor
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring