Ertaga Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haqidagi filmning taqdimoti boʻlib oʻtadi

14:53 29 Avgust 2023 Madaniyat
1338 0

Ertaga soat 18:00 da “Kinochilar uyi”ning (Sobiq Panorama) katta zalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi tomonidan yaratilgan Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haqidagi badiiy filmning namoyishi boʻlib oʻtadi.

Prezidentimizning topshirigʻiga asosan ishlab chiqarilgan ushbu filmda Abdulla Oripovning Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nekoʻz qishlogʻida oʻtgan va ijodga ilk qadam qoʻygan bolalik yillari, Toshkent shahrida oʻtkazgan talabalik davrlari, ijod namunalarining ilk nashri, uning shoir boʻlib shakllanishidagi hissiyotlari va tuygʻulari, shoirga xos sevgisi, mashhurlikning kelishi va Amerikada oʻtgan soʻnggi yillari ochib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?