Ertaga “Lolagulim” kinokartinasining ilk katta premyerasi boʻlib oʻtadi
Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Milliy kinematografiya – Yangi Oʻzbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.
Ertaga 22-dekabr soat 17:00 da Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Panda Production films studiyasi tomonidan suratga olingan “Lolagulim” badiiy filmining ilk katta premyerasi boʻlib oʻtadi.
Ssenariy mualliflari Azamat Ahrorov, Shuhrat Shon, postanovkachi rejissyor Azamat Ahrorov, operator Rustam Yoʻldoshev. Filmda aktyorlardan Tesha Moʻminov, Said Muxtorov, Raʼno Zokirova, Muyassar Berdiqulova, Mirolim Qilichev, Anvar Azimov, Shavkat Komilov va boshqalar rollar ijro qilishgan.
Kino premyeraga film ijodkorlari ham tashrif buyuradi. Premyeraga OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar, blogerlar va yoshlarni taklif etamiz.
Kino oyligi davomida “Baron 2”, “Qurbon pochcha”, “Afv”, “101-reys” kabi kinokartinalarning katta premyeralari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring