Ertaga Yerda kuchli magnit boʻronlari kuzatilishi mumkin
Foto: RIA Novosti
9-yanvar, juma kuni Yer atmosferasida minimal darajadagi magnit boʻronlari kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bu holat Quyoshdan joriy yilning 6-yanvar kuni chiqib, Yerdan oʻtib ketgan oʻrtacha hajmdagi plazmalar bilan bogʻliq.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, plazma oblagi yoʻnalishining ozgina burilishi ham Yerga taʼsir darajasini oʻzgartirishi ehtimoldan xoli emas, shu bois prognozlar nobarqaror hisoblanadi. Agar chiqish kichik bir burilish bilan oʻtsa, Yerga geomagnit taʼsirlar sezilmasligi mumkin. Ammo boshqa tomonga ozgina yoʻnalish oʻzgarishi ham geomagnit quvvatlanishining kutilgandan kattaroq boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Shu yil boshidan Quyoshda kuzatilayotgan portlashlar soni va darajasi past darajada saqlanmoqda, shuningdek, yaqin kunlarda ortiqcha faollik kutilayotgani yoʻq.
Olimlarning fikriga koʻra, Quyoshning Yer tomoniga qaragan qismida yangi va nodir shakldagi koronal teshik paydo boʻlishi oqibatida keyingi ikki kun ichida quyosh shamoli tezligi ortishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring