Ertaga Budapesht “Katta dubulgʻa” musobaqasi start oladi

17:51 07 Iyul 2022 Sport
814 0

Ertaga Vengriya poytaxtida dzyudo olamidagi yana bir yirik turnir – Budapesht “Katta dubulgʻa” musobaqasi start oladi. Bugun anʼanaga muvofiq bellashuvlarga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar bilan bellashadigan hamyurtlarimiz dastlabki raqiblarini bilib olishdi. Unga koʻra, dzyudochilarimiz musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:

-60 kg: Mirzohid Mahamadjonov – Rovshan Aliyev (Ozarbayjon)
-66 kg: Rahimjon Subxonov – Yashar Najafov (Ozarbayjon)
-73 kg: Shahram Ahadov – Julio Koda (Braziliya)
-73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev – Aron Szabo (Vengriya) / Faye Njiye (Gambiya)
-81 kg: Muso Sobirov – Katalin Maryan (Moldova)
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov – Kristian Konoval (AQSH)
-70 kg: Nodira Yoʻldosheva – Saki Nizoye (Yaponiya).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?