Eronga hujumdan keyin XAEA favqulodda yigʻilishga chaqirdi
Xalqaro atom energetika agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi AQShning Eronga zarbasi tufayli boshqaruv kengashini favqulodda yigʻilishga chaqirdi.
Eron tashqi ishlar vazirligi AQShning Islom Respublikasi yadroviy inshootlariga hujumi ularning Isroilning dastlabki zarbasini rejalashtirishda ishtirok etganidan dalolat berishini qayd etib, xalqaro hamjamiyatning bu jarayonda jim turishi xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid solishini qoʻshimcha qilgan.
Oʻz navbatida, XAEA AQSh zarbalaridan keyin Eron yadroviy inshootlari tashqarisida radiatsiya darajasi oshgani kuzatilmaganini bildirdi. Eron Yadro xavfsizligi markazi ham radioaktiv moddalar sizib chiqmaganini tasdiqladi.
AQSh zarbalaridan keyin Eron Isroilga ilk bor “Xaybar Shekan” ballistik raketalari bilan zarba berdi. Bu safar Isroildagi biologik tadqiqot markazi va qoʻmondonlik markazlari joylashgan Ben Gurion aeroportiga hujum qilingan.
“Amaliyotda Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) uchinchi avlod — “Xaybar Shekan” koʻp zaryadli ballistik raketasini birinchi marta foydalandi va bu orqali aniqroq, halokatliroq va samarali zarba berish uchun yangi va kutilmagan taktikalar qoʻllanildi”, deyiladi IIQK bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, AQSh Eronning uchta yadroviy inshootlariga zarba bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring