Erondagi namoyishlar davomida ikki kunda qariyb 30 ming kishi halok boʻlgan boʻlishi mumkin
Erondagi norozilik namoyishlari davomida ikki kunda qariyb 30 ming odam halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Bu haqida “TIme” jurnaliga tayanib BILD nashri maʼlum qildi.
Eron sogʻliqni saqlash vazirligining ikki rasmiysi jurnalga bergan maʼlumotlariga koʻra, 8 va 9-yanvar kunlari Eron koʻchalarida 30 ming nafar odam halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Ularning soʻzlariga koʻra, namoyishchilarning oʻlimi koʻlami davlatning jasadlarni olib ketish imkoniyatlaridan oshib ketgan.
Shuningdek, jasadlarni olib ketishga moʻljallangan maxsus sumkalari yetarli boʻlmagan hamda tez yordam mashinalari oʻrniga yuk mashinalari ishlatilgan. Eron hukumatining halok boʻlganlar boʻyicha taqdim qilgan maʼlumotlari, internetda tarqalgan maʼlumotlardan sezilarli darajada farq qiladi.
Rasmiy Tehron 21-yanvar kuni 3 ming 117 kishining halok boʻlgani haqida maʼlumot bergan edi. AQSHda joylashgan Inson huquqlari faollari yangiliklar agentligi 5 ming 459 kishining halok boʻlgani haqida xabar bergan. Yana 17 mingdan ortiq shunday holatlar oʻrganilmoqda.
Germaniyada yashayotgan eronlik oftalmolog Amir Parasta tomonidan eʼlon qilingan tahlil maʼlumotlarga koʻra, atigi ikki kun ichida 30 ming 304 ta oʻlim holati qayt etilgan. Harbiy kasalxonalar va oʻlikxonalarga yetkazilgan jasadlar bundan mustasno, deyiladi oftalmolog tahlilida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring