Eron yadroviy bomba yaratishning tezkor usulini izlamoqda — AQSH

11:44 05 Fevral 2025 Dunyo
214 0

Amerika razvedkasi Eron olimlari guruhi yadroviy qurol yaratishning tezlashtirilgan usuli ustida ishlayotganini aniqladi, deb xabar bermoqda “The New York Times” nashri.

Unga koʻra, AQSH qoʻlga kiritgan razvedka maʼlumotlari soʻnggi oylarda sobiq prezident Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan toʻplangan hamda yangi saylangan prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik guruhiga yetkazilgan.

Razvedka tomonidan qoʻlga kiritilgan maʼlumotlarda Eronning qurol-yarogʻ sohasidagi muhandislari va mutaxassislari atom qurolini ishlab chiqarish vaqtini bir necha oygacha qisqartirishga harakat qilishgani aytiladi.

AQSH rasmiylari yillar davomida yuqori darajada boyitilgan uranni ballistik raketaga oʻrnatishga qodir murakkab kallakka aylantirish uchun bir yildan 18 oygacha vaqt ketishini aytishgan.

Maʼlum qilinishicha, Tehron oʻz siyosatini oʻzgartirib, yadroviy qurolga ega boʻlishga harakat qilmoqda. Ular allaqachon bir nechta qurol ishlab chiqarish uchun bajariladigan ishlarning 60 foizini yakunlagan boʻlishlari mumkin.

“Voqealar rivoji Eronning yangi prezidenti Tramp maʼmuriyati bilan muzokaralarga faol intilayotgan davrda ham sodir boʻlayotgani tashvishli, ammo AQSH Eron bilan toʻgʻridan-toʻgʻri mojaroga kirishga shoshilmaydi” — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер