Eron Isroilni davlat sifatida tan olishi mumkin
Eronning islohotchi ruhoniylari Isroil va Falastin mojarosini ikki davlat yechimi orqali hal qilishni koʻrib chiqish zarurligini bildirishmoqda. Bunday oʻzgarish Eronning Isroil davlatini tan olishini anglatishi mumkin.
Qom shahridagi islohotchi ruhoniylar majmuasi “1967-yildan avvalgi chegaralarga qaytish va mustaqil Falastin davlati tuzish”ni taklif qilgan bayonot bergan.
“Guardian”ning yozishicha, 1979-yildan beri Eron inqilobiy gʻoyalari “Sionizmga oʻlim” shioriga asoslangandi, biroq bu taklif faqat “sionistik bosqindan avval yashaganlarning” ovoz berishini nazarda tutadi.
Maʼlumki, yaqinda Saudiya Arabistonida ikki davlat yechimi boʻyicha xalqaro koalitsiya yigʻilishi oʻtkazildi, lekin Eron unda ishtirok etmagandi. 21-oktyabrda berilgan bayonot Qomdagi majmua oldida noroziliklarga sabab boʻldi. Tehrondagi OAVlar Kayhon majmuasini “dushman propagandasi” deb atadi va ularning Isroilni tan olishini qoraladi.
Bunga javoban, ruhoniylar yigʻini Isroilning jinoyatlarini tan olishini, lekin urushlarni toʻxtatish uchun mustaqil Falastin davlati zarurligini qayd etdi. Yigʻin, Isroilni tan olmaymiz, degan qarashlarini yana bir bor tasdiqladi.
Eronning ikki davlat yechimini rad etishi mintaqada diplomatik aloqalarni oʻrnatishda qiyinchilik tugʻdirmoqda. Tarixchi Arash Azizining soʻzlariga koʻra, Eron siyosiy oʻzgarish davrini boshdan kechirmoqda. Eron oliy yetakchisi 85 yoshda va hukumatda yangi avlod kuchga kirishi lozim.
Azizi, Eronning “Isroilni yoʻq qilishni istash va urushni rad etish” siyosatini qayta koʻrib chiqish vaqti kelganini aytyapti. Sobiq tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif ham eronliklarning hukumatning haddan tashqari Falastin tarafdori boʻlgan siyosatidan charchaganini bildirgan.
Bu voqea aslida Eron oʻzining Falastin masalasidagi pozitsiyasini qayta koʻrib chiqishi uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻlishi yoʻlidagi “teatri” boʻlishi ham mumkin. Hozircha qoʻshimcha maʼlumotlar mavjud emas.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring