Eron AQSH bazalariga hujum qilish uchun raketalarni tayyorlab qoʻydi — OAV
Tehron, agar AQSH Eronga qarshi harbiy amaliyotga qoʻshilsa, AQSH bazalariga hujum qilish uchun raketa va boshqa harbiy texnika tayyorlab qoʻygan. Bu haqda “The New York Times” AQSH razvedkasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH allaqachon Yevropaga oʻttizga yaqin tanker samolyotlarini joʻnatgan boʻlib, ulardan Qoʻshma Shtatlar bazalarini himoya qiluvchi qiruvchilarga yordam berish mumkin. Maqolada aytilishicha, ular Eron yadroviy inshootlariga ehtimoliy zarba berishda ishtirok etuvchi bombardimonchi samolyotlar safini oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Avvalroq, “The Wall Street Journal” AQSH prezidenti Donald Tramp bir qancha variantlarni, jumladan Vashingtonning Eronga ehtimoliy zarbasini koʻrib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. “CBS News” telekanali xabariga koʻra, AQSH Eron yadroviy inshootlariga, jumladan Fordoga ham zarba berishi mumkin.
Rossiya Davlat Davlat dumasi mudofaa qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aleksey Juravlev esa Eronda “kutilmagan ittifoqchilar” paydo boʻlishi mumkinligini aytdi
Uning taʼkidlashicha, Trampni AQSHdagi demokratik ommaviy axborot vositalari Yaqin Sharqdagi “katta urush» sari undamoqda.
“Biz aniq aytishimiz mumkinki, Tramp katta urush sari undalmoqda, ammo hozircha buni faqat demokratik ommaviy axborot vositalari, yaʼni unga qarshi boʻlgan ommaviy axborot vositalari amalga oshirmoqda: “CNN” Eronni qayerga eng koʻp urishni maslahat beradi; “ABC News” hujum vaqtini belgilab beradi” — dedi siyosatchi.
Deputatning fikricha, Eronda havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi eskirganini tushunib, “shunchaki qoʻlidan kelgani uchun” hujum qilinmoqda.
“Sizni ishontirib aytamanki, agar Eronda haqiqatan ham Tel-Aviv hammani qoʻrqitmoqchi boʻlgan yadro quroliga ega boʻlsa, Isroil hujum qilmasdi. Tramp buni ochiq tan oldi — Eronning bombasi yoʻq va shundan soʻng Vashington Tehronni toʻliq taslim boʻlishini talab qila boshladi. Ular Eronda havo hujumidan mudofaa tizimi eskirgani va harbiy qoʻmondonliklarga qarshi turishi mumkinligini tushunib yetganlari uchungina hujum qilmoqda” — deydi Juravlev.
Siyosatchining taʼkidlashicha, agar AQSH Eronga qoʻshin yuborsa, ular Afgʻonistondagi kabi botqoqqa tushib qoladi.
“Tramp qiyin tanlov oldida turibdi: u kutilgan tezkor gʻalabani qoʻlga kiritmasdan turib, Afgʻonistondagi kabi qoʻshinlarni yuborishi va botqoqlikka tushishi yoki hamma narsani tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishi mumkin”, — dedi u.
Shu oʻrinda Juravlev Eronning “juda kutilmagan ittifoqchilari” boʻlishi mumkinligini taxmin qildi.
“Tramp buni uddalay olishiga ishonchim komil emas, “Choʻl boʻroni” (AQSHning Iroqqa bostirib kirish operatsiyasi — tahr.)dan keyin dunyodagi geosiyosiy vaziyat oʻzgardi va Eron juda kutilmagan ittifoqchilarga ega boʻlishi mumkin”, — deya xulosa qildi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring