Erling Holand APLning barcha davrlaridagi top hujumchilarini taqib etmoqda
Angliya Premer Ligasining 3-turida doirasida “Manchester Siti” “Vest Hem”ni 3:1 hisobida magʻlub etdi. Qayd etish kerakki, ushbu uchrashuvda “shaharliklar” hujumchisi Erling Holand het-trik qayd etdi.
Shu tariqa norvegiyalik futbolchi APLdagi het-triklari sonini 8 taga yetkazdi. Bu uchun Holandga 2 mavsum ketdi. Bu orqali Holand APL tarixidagi eng kuchli hujumchilarini het-triklar soni boʻyicha quvishda davom etmoqda.
Qayd etish kerakki, Erling bu borada Terri Anri, Harri Keyn va Maykl Ouyenga (8 tadan) yetib oldi. Faqatgina Serxio Aguyero (12), Alan Shirer (11) va Robbi Fauler (9) “viking”dan yaxshiroq natija qayd etishgan.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, “Manchester Siti” ushbu mavsumning dastlabki 3 oʻyinida 3 ta gʻalaba qozonib, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Avvalroq, IBA Osiyo mamlakatlari boʻyicha muhim bayonoti eʼlon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring