Epshteyn fayllari ochilmoqda: jabrlanuvchilar nimadan norozi?

14:19 23 Dekabr 2025 Dunyo
447 0

Foto: “Reuters”

AQSH Adliya vazirligi juma kuni Epshteyn fayllarini eʼlon qilishni boshlagan edi. Unda oʻzini “Jeyn Dou” deb nomlaydigan, Jeffrey Epshteyn zulmidan omon qolgan ayol ism-familiyasi ham tilga olingan. Ayol bundan hayratga tushgan va CNN'ga bergan intervyusida Adliya vazirligidan uning ismini ommaga ochiq boʻlgan hujjatlardan olib tashlashga urinishlari hozircha muvaffaqiyatsiz boʻlganini aytgan.

“Jeyn Dou”ning aytishicha, u 2009-yilda Epshteynning zoʻravonligiga guvoh boʻlgan va uni boshidan kechirgan. Oʻsha yili u FQBga bu haqda xabar bergan. Bu vaqt oraligʻida Epshteyn ikkita shtatda fohishabozlik boʻyicha aybini tan olgan va federal prokurorlar bilan jinoiy javobgarlikka tortilmasligi toʻgʻrisidagi kelishuvga erishgan. Epshteyn 13 oy qamoqda oʻtirgan boʻlsada bu vaqt oraligʻida uning zoʻravonliklari davom etgan.

CNN Adliya vazirligi tomonidan hozirgacha eʼlon qilingan Epshteyn fayllarida “Jeyn Doe”ning ismi koʻp marta uchraganini tasdiqladi. CNN ayolning shaxsini himoya qilish uchun uning Epshteyn bilan boʻlgan voqealarini va unga qoʻyilgan ayblovlarni kelishilgan shartlar boʻyicha yoritishni reja qilmoqda.

CNN “Jane Dou”ning fayllari tahrirlanmagan holda kiritilishi boʻyicha izoh soʻrab, Adliya vazirligiga murojaat qildi. Nashr tomonidan koʻrib chiqilgan elektron pochta almashinuviga koʻra, “Jeyn Dou” dam olish kunlari Adliya vazirligi rasmiylariga uning maʼlumotlari tahrirlanmaganligi haqida xabar bergan. Rasmiy shaxs uning xabarini hujjatlar va tahrirlar bilan ishlovchilarga yetkazishini aytgan. Ayol vazirlikka uning ismini Epshteyn fayllaridan olib tashlash boʻyicha bir necha marta murojaat qilgan, ammo dushanba kuni tushdan keyin ham uning ismi oʻchirilmagan. Ayol uning ismni oʻzgartirilmagani jabrlanganlar uchun xavf tugʻdirishini qoʻshimcha qildi. “Jeyn Dou” oʻnlab omon qolganlardan biri edi.

Omon qolgan jabrlanuvchilar CNN bilan suhbatlashganda Adliya vazirligi Epshteyn fayllari boʻyicha murojaat qilmaganini aytishgan. Epshteyn qurbonlarini himoya qiluvchi baʼzi advokatlar oʻtgan hafta material nashr etilishidan oldin tahrirlarni muhokama qilish uchun Adliya vazirligi bilan aloqa oʻrnatganliklarini aytishdi.

Adliya vazirligi esa agentlik zarur tahrirlar ustida ishlashda davom etayotganini va kelgusi haftalarda yana yuz minglab hujjatlar eʼlon qilinishini maʼlum qilgan.

Respublikachi vakil Tomas Massi bilan birgalikda “Epshteyn fayllari shaffofligi” toʻgʻrisidagi qonunning hammuallifi boʻlgan demokrat vakil Ro Xanna dushanba kuni Adliya vazirligi ayblanmagan yoki sud jarayonini sabotaj qilgan boy va qudratli odamlarni himoya qilishni toʻxtatishi kerakligini bildirdi.

Xanna Adliya vazirligini boshqa erkaklarning ismi tilga olingan FQB guvohlarining soʻrovlarini va Epshteynning kompyuteridan musodara qilingan elektron pochta xabarlarini oshkor qilishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер