Eng koʻp va eng kam kartoshka yetishtirilgan hududlar nomi maʼlum qilindi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 mln. 490,9 ming tonna kartoshka yetishtirildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 foizga koʻp.
Yetishtirilgan jami kartoshkaning 92,2 foizi dehqon xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Hududlar kesimida eʼtibor qaratadigan boʻlsak, Samarqand 285,4 ming tonna, Surxondaryo 198,0 ming tonna va Fargʻona viloyati 187,0 ming tonna kartoshka yetishtirish bilan yuqori oʻrinlarni band etgan.
Bu borada Sirdaryo 25,5 ming tonna, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 25,3 ming tonna va Jizzax viloyati 9,5 ming tonna bilan kartoshka yetishtirishda eng soʻnggi oʻrinda qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring