Eng koʻp pensiya oluvchilar qaysi viloyatda istiqomat qilishadi?
Pensiya jamgʻarmasi 2024-yil noyabr oyi uchun amalga oshirilgan pensiya toʻlovlari haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, noyabr oyida jamgʻarmadan 4 million 76 ming pensiya oluvchiga jami 5 trillion 963 million soʻm toʻlangan. Shundan 4,7 trillion soʻmlik toʻlovlar plastik kartaga, 1,26 trillion soʻmi naqd shaklda toʻlab berilgan.
Hududlar kesimida pensiya oluvchilar soni va ularga noyabrda toʻlangan mablagʻlar miqdori quyida keltirilgan:
Qoraqalpogʻistonda 218,7 ming kishi — 314,5 milliard soʻm;
Andijon viloyatida 382 ming kishi — 479,9 milliard soʻm;
Buxoro viloyatida 258,2 ming kishi — 383,7 milliard soʻm;
Jizzax viloyatida 137,8 ming kishi — 191,1 milliard soʻm;
Qashqadaryo viloyatida 364,6 ming kishi — 522,7 milliard soʻm;
Navoiy viloyatida 137 ming kishi — 257,1 milliard soʻm;
Namangan viloyatida 319,5 ming kishi — 398,1 milliard soʻm;
Samarqand viloyatida 433,9 ming kishi — 620,2 milliard soʻm;
Sirdaryo viloyatida 104,2 ming kishi — 154 milliard soʻm;
Surxondaryo viloyatida 273,5 ming kishi — 365,5 milliard soʻm;
Toshkent viloyatida 370,1 ming kishi — 596,6 milliard soʻm;
Fargʻona viloyatida 481,7 ming kishi — 627,9 milliard soʻm;
Xorazm viloyatida 224,8 ming kishi — 308,9 milliard soʻm;
Toshkent shahri 370,6 ming kishi — 742,5 milliard soʻm pensiya olgan.
Jadvalga koʻra, eng koʻp nafaqa oluvchilar Fargʻona viloyatida, eng kam pensionerlar esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring