Eng arzon va qimmat goʻsht qayerda sotilayotgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida 25-avgust holatiga koʻra, goʻsht 45 000 soʻmdan 80 000 soʻmgacha sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qoʻmtasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 kg suyakli mol goʻshtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan. U yerda aholi 45 000 soʻmga 1 kg goʻsht xarid qila oladi. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan. Ushbu bozorlarda aholi 68 000 soʻm evaziga 1 kg goʻsht sotib olish mumkin.
Qoʻy goʻshtining minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (52 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (80 000 soʻm) kuzatilgan.
Kartoshkaning minimal narxi Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da qayd etilgan (1 500 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 soʻm) roʻyxatga olingan.
Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (800 soʻm), maksimal narx Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (3 000 soʻm).
Sabzining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (2 000 soʻm), maksimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”da (10 000 soʻm) kuzatilgan.
Tuxumning minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da kuzatilgan.
Guruchning minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” (“Nukus 2” navli guruch 5000 soʻm)da, maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).
Oʻsimlik yogʻining minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 14 000 soʻm) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 24 000 soʻm) aniqlangan.
Shakarning minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (75 000 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (90 000 soʻm) kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring