Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish uchun tegishli tashkilotga kunning istalgan vaqtida tekshiruv oʻtkazish huquqi berildi

Oʻzbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish boʻyicha davlat nazorati kuchaytiriladi. Prezidentning 2025-yil 10-fevralda imzolagan “Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi farmonida bu borada muhim oʻzgarishlar belgilandi.
Farmonga muvofiq, yoqilgʻi-energetika resurslarini samarasiz va noqonuniy ishlatish, sifatsiz yoqilgʻi mahsulotlarini sotishga chek qoʻyish mexanizmlari takomillashtiriladi. Bunda asosiy maqsad yoqilgʻi resurslarining shaffof taqsimlanishini taʼminlash, davlat nazoratini kuchaytirish va resurslarning noqonuniy savdosiga barham berishdir.
Ushbu oʻzgartishlarga muvofiq, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (Oʻzenergoinspeksiya)ga qator yangi vakolatlar berildi. Xususan, inspeksiya yoqilgʻi resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, saqlash, sotish va isteʼmol qilish jarayonlarida nazorat tadbirlarini amalga oshiradi.
Eng muhim yangiliklardan biri shundaki, tekshiruvlar endilikda sutkaning istalgan vaqtida oʻtkazilishi mumkin. Tekshiruv boshlanganidan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olingan holda tegishli organlar xabardor qilinadi. Bu esa noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanuvchilarning nazoratdan chetda qolishiga yoʻl qoʻymaslikka xizmat qiladi.
Shuningdek, sifatsiz yoqilgʻi mahsulotlarining bozorga chiqishini oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha choralar ham koʻzda tutilgan. Bunda sifatsiz yoqilgʻi ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qattiq javobgarlik choralari qoʻllanishi mumkin.
Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekistonda energiya resurslaridan samarali foydalanish, korrupsiyaga barham berish va energetika tizimini yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biri boʻlib, istiqbolda resurslarning tejamkorligi va shaffof taqsimlanishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring