Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi
Qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni betalafot oʻtkazish, isteʼmolchilarga yoqilgʻi-energiya resurslarini barqaror yetkazib berish hamda ularni tejash boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan ayrim rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjatga asosan hududlardagi bir qator masʼullarga intizomiy jazo qoʻllanilgan.
Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish boʻyicha belgilangan rejaga amal qilmagani, energiya resurslaridan foydalanishda limitdan oshishiga yoʻl qoʻygani hamda nazoratni taʼminlamagani uchun Oqoltin tumani hokimi K.Ernazarov, Mirzaobod tumani hokimi O.Raxmonqulov, Boʻstonliq tumani hokimi J.Axmedov, Bekobod tumani hokimi Sh.Doʻsbekov, Zangiota tumani hokimi E.Rustamov, Toshkent tumani hokimi S.Ergashev, Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev, Qoʻqon shahar hokimi M.Usmonov, Bogʻdod tumani hokimi Gʻ.Soliyev, Beshariq tumani hokimi R.Joʻrayev, Soʻx tumani hokimi S.Saidmusayev, Furqat tumani hokimi E.Asronkulovga “hayfsan” berildi.
Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilinishiga yoʻl qoʻygani uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri B.Juzbayev, Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari K.Komilov, Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Gʻ.Murodxoʻjayev, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Sultanbekov, Andijon tumani hokimi B.Yuldashev, Beruniy tumani hokimi I.Xidirovga “hayfsan” eʼlon qilindi.
“Bundan tashqari, hududlarda aholiga koʻmir tarqatishni kechiktirish, sifatsiz koʻmir tarqatish kabi holatlar juda koʻp kuzatilgani hamda ushbu holatlarni zarur darajada nazoratga olmagani uchun “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari E.Yakubov oxirgi marta ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.
Farmoyish bilan tegishli vazirlik va idoralarga koʻrsatilgan shahar hamda tumanlar sektor rahbarlari faoliyatiga baho berib, ularga nisbatan tegishli chora koʻrish hamda natijalari toʻgʻrisida bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring