Endilikda har bir davlat xizmatining pasporti yuritiladi
Joriy yilning 21-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan “Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom [roʻyxat raqami: 3707] davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Mazkur nizomda Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi belgilandi.
Unga koʻra, Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi. Mazkur reyestr “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi. Shuningdek, Davlat xizmatlari yagona reyestrida har bir davlat xizmatining pasporti yuritiladi.
Davlat xizmatini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish va undan chiqarish, davlat xizmati maʼlumotlariga oʻzgartirish kiritish davlat xizmati koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari yagona reyestridagi maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring