Emmanuel Makronning reytingi soʻnggi uch yil ichida eng past darajaga tushdi
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning reytingi soʻnggi uch yildagi eng past darajaga tushib ketdi. Bu “Journal du dimanche” buyurtmasi bilan Jamoatchilik fikri instituti (IFOP) tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda maʼlum boʻldi.
Ijtimoiy tadqiqot natijalariga koʻra, barcha fransuz respondentlarining atigi 32 foizi davlat rahbarining harakatlaridan qoniqish hosil qilgan.
Taʼkidlanishicha, Fransiya rahbarining mashhurligi darajasi pensiya islohoti rejalari munosabati bilan 2020-yil fevralidan boshlab minimal darajaga tushgan.
Fransiya prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan pensiya islohoti loyihasi 2031-yilgacha pensiya yoshini 62 yoshdan 65 yoshgacha bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutadi.
Makron taʼkidlaganidek, inqiroz fonida bir xil turmush darajasini saqlab qolish va pensiya olish uchun mamlakat fuqarolari koʻproq ishlashlari kerak hamda 2027-yilga kelib uning rahbariyatini tegishli ijtimoiy toʻlovlarni moliyalashtirish uchun 10-12 milliard yevro atrofida mablagʻ kerak boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring