Ellikqal’ada 3 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi
Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida qator maktabgacha ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi.
Xususan, “Paxtachi” va “Cho‘pon” mahallalarida yangidan qurilgan 36- hamda 37-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushirildi.
36-DMTT qurilish loyihasining umumiy qiymati 4 mlrd 450 mln so‘m bo‘lib, ushbu ta’lim maskanining ochilishi bilan hududdagi bolalarning maktabgacha ta’limga qamrov ko‘rsatkichi qariyb 78 foizga yetkazildi.
Yangi qurilib foydalanishga topshirilgan 37- maktabgacha ta’lim tashkiloti 90 o‘rinli bo‘lib, uning ishga tushirilishi mahalla hududida qamrov darajasini 65,4 foizdan 78 foizga yetkazdi.
Yana bir quvonchli voqea sifatida tumandagi “Qilchinoq” ovul fuqarolar yig‘inida davlat-xususiy sheriklik asosida "Sapargul, Dilfuza, Shirinay" maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi.
Tumanning "Oltin yog‘och" aholi yashash hududida joylashgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod bo‘lib, maskanda bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring