Elit OChL. Eron chempioni navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 3-noyabr kuni Osiyo Elit chempionlar ligasi musobaqasining 4-turi doirasida Eron chempionatining amaldagi gʻolibi, Tabrizning “Traktor” klubi oʻz maydonida Iroqning “Al-Shorta” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 26-daqiqada Mehdi Torabi mualliflik qildi.
Ushbu gʻalaba evaziga “Traktor” klubi turnir jadvalida 8 ochko toʻplagan holda 3-oʻringa koʻtarilib oldi. Faqatgina Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” va BAAning “Al-Vahda” jamoalari jadvalda Tabriz klubidan yuqorida turibdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Odil Hamrobekov oʻyinning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Maydonda harakat qilgan daqiqalarida Hamrobekov 8-marta toʻpga tegindi. U bergan uzatmalarning 89 foizi aniq chiqdi.
Bir marta raqibning xavfli hujumiga chek qoʻyishga erishdi. Oʻyin yakunida “Sofascore” portali Odil Hamrobekovning harakatlarini 6,6 ballga baholadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring