Elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshgan

12:27 28 Avgust 2023 Iqtisodiyot
619 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 7 oyda eng koʻp Xitoydan elektromobil import qilgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 217,1 mln AQSH dollariga 7 391 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6084 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

7 oyda eng koʻp elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 6 898 ta

— Gonkong – 376 ta

— Germaniya – 64 ta

— Koreya – 18 ta

— BAA – 16 ta

— AQSH – 11 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?