Elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

18:54 07 Aprel 2023 Jamiyat
961 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.C.” MCHJ rahbari M.O. va boshqalar “N.” MFYdagi koʻp qavatli uyga oʻrnatilgan suv nasoslari va boshqa jihozlarni hech qanday hujjatsiz tarmoqqa ulab, 454,3 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, Beruniy koʻchasidagi xonadonda yashovchi N.Yu. uyi yertoʻlasida 4 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 63,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Oqdaryo, Pastdargʻom va Urgut tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Oqdaryo tumanidagi “A.S.” MCHJga qarashli oshxonada korxona ish yurituvchisi gaz plita va isitish qozonini gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulaganligi, Pastdargʻom tumanidagi qurilish ishlarini olib borayotgan “Q.S.” MCHJ hamda Urgut tumanidagi “U.K.” MCHJ tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 351,9 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?