Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

15:47 30 Oktyabr 2023 Jamiyat
92 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman boʻlimi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.N.” fermer xoʻjaligi rahbari U.A. “Qizgʻaldoq” MFY hududidagi yer maydonlarini sugʻorish uchun hech qanday hujjatsiz 3 dona elektr suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 1,4 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.I. “Yangi asr” MFYdagi qushxona binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga yer ostidan yashirincha ulanib, jami 431,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?