Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

16:23 27 Dekabr 2023 Jamiyat
271 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.Q.” MCHJ rahbari I.R. “J.O.” MFYda yashovchi aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetkazib beruvchi binoni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 209,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Toshloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.E.” fermer xoʻjaligi rahbari M.F. fermer xoʻjaligi dala maydoniga oʻrnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 193,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?