Elektr taʼminotiga oid savollarga mutasaddilar javob berdi
Bugun “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ majlislar zalida isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga boʻyicha ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Bosh direktori Z.Kerimzatov, «Taxiatosh issiqliq elektr stansiyasi» AJ Bosh direktori F.Xalilayev, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpogʻiston filiali direktori S.Umbetovlar ishtirok etib, bugungi kunda respublikamizda sanoat korxonalarini, tadbirkorlik subyektlarini va aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashni yana-da yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berdilar.
Tadbirda «Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi» AJ da shu kunlarda ikkita yangi zamonaviy bugʻ-gaz uskunasining qurilish-montaj ishlari yakunlanib, test rejimida ishlayotgani va bu ishlarning kelgusi yil fevral oyida yakuniga yetkazilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
— Prezidentimizning 2019-yil 9-iyuldagi PF-5761–sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami 380 ming 226 ta xonadonga zamonaviy elektron hisoblagichlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan, — deydi “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ elektr energiyasini hisobga olish va nazorat xizmati boʻlimi boshligʻi Elburs Telepov. — Bu borada dastlab kunlik rejamiz 1700 ta edi. Keyinchalik kunlik rejani 2000, 2500 va kuni kecha 3 mingga yetkazdik va shu kunga qadar jami 325 597 dona zamonaviy elektr hisoblagichlar oʻrnatib boʻlindi. 2020-yilning yakuniga qadar yana 54 629 dona zamonaviy elektron hisoblagichlar oʻrnatilib, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ga ulash boʻyicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.
Shu oʻrinda avtomatlashtirilgan tizim avvalo, moliyaviy barqarorlikni taʼminlaydi, yaʼni oldingi tizimdagidek qarzdorlik yuzaga kelmaydi va ularni qayta ulash uchun ovoragarchilik, qoʻshimcha toʻlovlarga hojat qolmaydi. Qarzdor boʻlgan isteʼmolchi avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi. Ana shunday holatda isteʼmolchi uyidan chiqmasdan banklarning va shu kabi respublikamizdagi toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali oʻzlarining hisob raqamlariga pul toʻlash imkoniyati yaratilgan. Toʻlov amalga oshirilgandan keyin 1 daqiqadan (internet aloqasiga ham bogʻliq) kechi bilan bir soat oraligʻida isteʼmolchi elektr energiyasiga qayta ulanadi.
Videokonferensiya formatida oʻtkazilgan tadbirda Qoraqalpogʻistonning barcha tumanlaridagi studiyalar bilan aloqa oʻrnatildi.
Tumanlardagi studiyalardan va jurnalist va blogerlar tomonidan aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashga oid savollariga mutasaddilar atroflicha javob berdi. Bu borada OAV bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilishga kelishib olindi.
Gʻ.Otajonov
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring